Namlik va yangiligi saqlash "Twin Cooling Plus" texnologiyasi mahsulotlarning yangiligini saqlash uchun optimal muhitni ta’minlaydi. Sovutgich kamerasidagi havo namligi 70% darajada saqlanib, "Twin Cooling Plus" texnologiyasiz sovutgichlarda esa havo namligi 30% ni tashkil etadi. Natijada, mahsulotlar uzoq vaqt yangi qoladi va quriymaydi. Muz tayyorlash va ichimliklarni sovutish Tez sovutilgan havo ta’minoti mahsulotlarni tezroq muzlatish yoki sovutishga imkon beradi. "Power Cool" (Kuchli sovutish) funksiyasi bir tugmani bosish bilan faollashtiriladi va mahsulotlarni va ichimliklarni tez sovitadi, "Power Freeze" (Kuchli muzlatish) funksiyasi esa muzlatish va muz bo‘laklarini tayyorlash uchun eng yaxshi tanlovdir. Sokin va iqtisodiy ishlash Invertor kompressor elektromotorning ish tezligini sovutishning yetti daraja kuchidan birini tanlashga bog‘liq ravishda avtomatik ravishda tartibga soladi. Natijada, sovutgich kamroq elektr energiyasini iste’mol qiladi, sokin ishlaydi va uzoq umr ko‘radi.