Hamma bo'limlar

FOYDALANUVCHI SHARTNOMASI

Toshkent sh.

“Unitel” MChJ, keying o‘rinlarda “BeeMarket” deb yuritiladi, yuridik va layoqatli jismoniy shaxslarga (keying matnlarda “Foydalanuvchi” deb yuritiladi) qaratilgan Ommaviy oferta bo‘lgan ushbu hujjatni taqdim qiladi va Foydalanuvchi shartnomasini (keyingi o‘rinlarda “Shartnoma” deb yuritiladi) quyidagi shartlar asosida tuzish niyatini bildiradi. Platformadan foydalanishdan avval Foydalanuvchi ushbu Shartnoma bilan to‘liq tanishib chiqishi shart. Platforma veb-saytida ro‘yxatdan o‘tish fakti, Platformaning har qanday funktsiyalari, dasturiy ta’minot imkoniyatlaridan foydalanish Foydalanuvchi tomonidan ushbu Shartnomani to‘liq va so‘zsiz qabul qilishini anglatadi. BeeMarket ushbu Shartnomaning 3-bo‘limida nazarda tutilgan xatti-harakatlar bajarilmagan taqdirda, shuningdek Platforma belgilanmagan maqsadlarda foydalanilayotgani borasida shubha tug‘ilgan, shu jumladan cheklanmagan holda firibgarlik operatsiyalarini amalga oshirish uchun va/yoki ushbu Shartnoma buzilgan taqdirda Foydalanuvchiga Platformaga ulanishni rad etishga haqlidir.

1. ATAMALAR VA TA’RIFLAR

1.1. Bosh harflar bilan yozilgan va ushbu Shartnomada foydalanilgan atamalar quyidagi ma’nolarga ega:

    • “Platforma veb-sayti” – Platformaning https://market.beeline.uz manzilidagi rasmiy veb-sayti.
    • “Platforma” – BeeMarket resurslari to‘plami bo‘lib, ular orqali BeeMarket Tovarlari sotuvi amalga oshiradi;
    • “Sotuvchi” - Tovarni rasman import qiluvchi va Platforma orqali Tovarlarni sotish faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
    • “Ishlab chiqaruvchi” – o‘z materiallari hamda tarkibiy qismlardan foydalangan holda Tovarni ishlab chiqaruvchi va uni ishlab chiqarishni tashkil etuvchi yuridik shaxs;
    • "Shaxsga doir ma’lumotlar" - muayyan jismoniy shaxsga taalluqli bo‘lgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qog‘ozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot;
    • "Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish" – shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yo‘q qilish bo‘yicha bir harakatni yoki harakatlar majmuini amalga oshirish;
    • "Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish va himoya qilish siyosati" – Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishning maqsadlari, huquqiy asoslari, tamoyillari, tartibi va shartlarini, shuningdek ularni himoya qilish va shaxsga doir ma’lumot subyektlari huquqlarini ta’minlash chora-tadbirlarini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq belgilaydigan hujjat bo‘lib, quyidagi manzilda joylashtirilgan: https://market.beeline.uz/uz/privacy.
    • “Ishlab chiqaruvchining xizmat ko‘rsatish markazi»” – Ishlab chiqaruvchining rasmiy vakolatli xizmat ko‘rsatish markazi bo‘lgan Tovarga xizmat ko‘rsatishni va qo‘llab-quvvatlashni amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
    • “Yetkazib berish xizmati” – ushbu Shartnomani bajarish doirasida BeeMarket tomonidan jalb etilgan Tovarlarni yetkazib berish xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs;
    • “Tovar” – “BeeMarket”ga tegishli bo‘lgan turli nomdagi va turli assortimentdagi mahsulotlar;
    • “Shaxsiy kabinet” – Platformada ro‘yxatdan o‘tgan jismoniy shaxsning Buyurtmani rasmiylashtirish uchun mo‘ljallangan shaxsiy sahifasi;
    • “Buyurtma” – Foydalanuvchi manziliga yetkazib beriladigan tegishli nomdagi, assortimentdagi va miqdordagi Tovarlarning yaratilgan to‘plami;
    • “Tovar kartasi” – Platformadagi Tovar to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plami, shu jumladan tovarning tasvirlari, uning xususiyatlarini tavsiflovchi matn, narxi va sotish shartlarini, shuningdek, veb-saytga kirish imkoniyati bilan Sotuvchi va Tovar Ishlab chiqaruvchisi haqidagi ma’lumotlar.

2. SHARTNOMA PREDMETI

2.1. Ushbu Shartnomaning predmeti “BeeMarket”da Foydalanuvchiga Platforma katalogida taqdim etilgan BeeMarket Tovarlarini sotib olish, shuningdek, Sotuvchilarning Tovarlari to‘g‘risida ma’lumot qidirish imkoniyatini berishdir.

2.2. BeeMarket Foydalanuvchiga Buyurtmalar asosida joylashtirilgan Tovarni topshirish majburiyatini oladi, Foydalanuvchi esa ushbu Shartnomadagi shartlarga ko‘ra Tovarga haq to‘lash va qabul qilish majburiyatini oladi.

2.3. Tovarning nomi, narxi, miqdori, shuningdek, boshqa zarur shartlar Buyurtmani rasmiylashtirish paytida Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida belgilanadi.

2.4. BeeMarket ushbu Kelishuv bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq ba’zi texnik, tashkiliy va yordamchi vazifalarni amalga oshirish uchun uchinchi shaxslarni jalb etish huquqiga ega. Bunda, BeeMarket bunday majburiyatlarning tegishli tarzda bajarilishi uchun Foydalanuvchi oldidagi to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasida saqlab qolishi shart.

2.5. Platforma Foydalanuvchiga Sotuvchilar tomonidan taqdim etiladigan Tovarlar bilan tanishish va taqqoslash hamda Sotuvchilarning resurslariga o‘tish imkonini beradi. Foydalanuvchi bilan Sotuvchi o‘rtasidagi munosabatlar Sotuvchining tegishli hujjati bilan tartibga solinadi (oferta, shartnoma va h.k.). Foydalanuvchi, BeeMarket Sotuvchilarning harakat/harakatsizligi, shuningdek, Sotuvchilar tomonidan sotiladigan Tovarlarning sifati uchun javobgar emasligini tan oladi va rozilik beradi.

3. RO‘YXATDAN O‘TISH VA AVTORIZATSIYA

3.1. Platformadan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun Foydalanuvchi Platforma veb-saytida ro‘yxatdan o‘tish shaklini to‘ldirish orqali ro‘yxatdan o‘tishi kerak, ya’ni: ismi, telefon raqamini (login), bir martalik parol bilan SMS-xabar yordamida telefon raqamini tasdiqlash. Foydalanuvchi Shaxsiy kabinetga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tishda ko‘rsatilgan telefon raqamiga SMS orqali yuboriladigan bir martalik kod (keyingi o‘rinlarda "OTP-kod" deb yuritiladi) yordamida avtorizatsiyadan o‘tadi. Doimiy parol yaratish va undan foydalanish talab qilinmaydi. Bunda, BeeMarket xavfsizlikni ta’minlash maqsadida OTP-kodni shakllantirish jarayonida unga nisbatan muayyan talablarni (uzunligi, ruxsat etilgan belgilar va boshqalar) qo‘yish huquqiga ega.

3.2. Foydalanuvchi Ro’yxatdan o’tish jarayonida o’zi haqida ishonchli, to’liq va aniq ma’lumotlarni taqdim etish majburiyatini oladi. Foydalanuvchi ushbu Shartnoma muddati mobaynida o’zi haqida ma’lumotlarni aktualligini nazorat qilishi o’z zimmasiga oladi. Foydalanuvchi o’z haqidagi ma’lumotlarni ishonchsiz, to’liq emasligi yoki noaniqligi shu jumladan salbiy oqibatlarga olib keladigan vaziyatlarda javobgar bo’ladi.

3.3. Foydalanuvchi ro’yxatdan o’tish jarayonida shuningdek, Foydalanuvchi ro’yxatdan o’tkandankeyin Foydalanuvchi harakatlarini e’tirof etib tasdiqlaydi va Kontentdan foydalanish huquqlaridan qo’llashda va (yoki) xarid qilish to’g’risidagi barcha buyruqlarni shaxsan amalga oshirilganligini tasdiqlaydi va rozilik beradi .

3.4. Foydalanuvchi, Foydalanuvchi hisob qaydnomasi va parolining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish majburiyatini oladi va Platformada Foydalanuvchi hisob qaydnomasi ostida amalga oshirilgan barcha harakatlar uchun javobgar bo‘ladi. Foydalanuvchi “BeeMarket”ni foydalanuvchi hisob qaydnomasi ostidagi uchinchi shaxslar tomonidan Platformaga kirish holatlari to‘g‘risida darhol xabardor qilishi shart.

4. XARID QILISH TARTIBI

4.1. Foydalanuvchi Platforma yordamida Sotuvchining resursiga o‘tish imkoniyati orqali Sotuvchilarning Tovarlari haqidagi ma’lumotlarni qidirishni amalga oshirishi va BeeMarket Tovarlarini sotib olishi mumkin.

4.2. Buyurtma berishda Foydalanuvchi:

  1. tanlangan Tovarga nisbatan BeeMarket bilan oldi-sotdi Shartnomasini tuzish niyatini bildiradi;
  2. BeeMarket topshirig‘i bo‘yicha Yetkazib berish xizmati tomonidan ko‘rsatiladigan Tovarlarni yetkazib berish xizmatlarini oluvchi hisoblanadi;
  3. Tovar BeeMarket tomonidan sotuv qilinayotgan bo‘lsa, oldi-sotdi Shartnomasi bevosita BeeMarket bilan tuzilishini tan oladi va tushunadi;
  4. Tovar Sotuvchi tomonidan sotuv qilinayotgan bo‘lsa, oldi-sotdi shartnomasi tegishli Sotuvchi bilan tuzilishini tan oladi va tushunadi.

4.3. Foydalanuvchi Sotuvchi va Yetkazib berish xizmati tomonidan o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajara olmasligiga olib kelgan noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun to‘liq javobgardir.

4.4. Tovar kartasida ishlatiladigan barcha matnli ma’lumotlar, grafik va video tasvirlar mazkur ma’lumotlar va tasvirlar egasining shaxsiy mulki hisoblanadi. Ulardan har qanday tarzda foydalanish mulk egasining roziligini talab etadi. Har bir Tovar tasviriga matnli ma’lumot ilova qilinadi.

4.5. Tovar kartasi quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi:

- fotosurat;
- nom (tur);
- Tovar belgisi;
- narx;
- o‘lchov birligi;
- xususiyatlari;
- Sotuvchi do‘konining nomi (agar mavjud bo‘lsa);
- Tovarlarning narxlari ko‘rsatilgan boshqa onlayn-do‘konlarga o‘tish uchun havola.

5. TOVARLAR UCHUN TO‘LOV TARTIBI

5.1. Platformada Buyurtma uchun to‘lovni quyidagi tarzda amalga oshirish mumkin:

  1. Yetkazib berish xizmati tomonidan Tovar yetkazib berilganda naqd pul shaklida / bank kartasi orqali;
  2. To‘lov tashkilotlari orqali pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan naqd pulsiz shaklda;
  3. Yuridik shaxslar tomonidan to‘langan taqdirda, “BeeMarket”ning bank hisob-raqamiga pul mablag‘larini naqd pulsiz shaklda o‘tkazish orqali.

5.2. Buyurtma qo‘ng‘iroq qilinganidan va BeeMarket tomonidan tasdiqlaganidan so‘ng, tasdiqlangan va rasmiylashtirilgan deb hisoblanadi.

5.3. Foydalanuvchi Tovarlar to‘lovi uchun tegishli uchinchi shaxslar tomonidan olinadigan har qanday komissiya yoki yig’imlarni mustaqil ravishda to‘laydi.

5.4. Tovarlarning narxi O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi – so‘mda ko‘rsatiladi va o‘z ichiga QQSni oladi.

5.5. Tovarning narxi BeeMarket tomonidan bir tomonlama tartibda o‘zgartirilishi mumkin. Tovar 5.2-bandga muvofiq Buyurtma tasdiqlangan paytida ko‘rsatilgan Tovarning narxi bo‘yicha to‘lanadi. Buyurtmaning yakuniy qiymati o‘z ichiga Tovar narxining summasi va Buyurtmani Foydalanuvchi tomonidan ko‘rsatilgan manzilga yetkazib berish narxini oladi.

5.6. Naqd pul to‘lashdan tashqari barcha holatlarda to‘lov muddati Buyurtma rasmiylashtirilgan kundan boshlab 3 (uch) kalendar kunini tashkil etadi, shundan so‘ng BeeMarket Tovarning mavjudligiga kafolat bermaydi. Bu holatda Tovarni sotib olish bo‘yicha bitim tuzilmagan hisoblanadi.

6. TOVARNI YETKAZISH VA TOPSHIRISH

6.1. BeeMarket Buyurtma shartlariga muvofiq Tovarni topshiradi va yetkazib beradi.

6.2. Yetkazib berish O‘zbekiston Respublika doirasida amalga oshiriladi. Yetkazib berish, Yetkazib berish xizmatini jalb qilgan holda amalga oshiriladi. BeeMarket bunday yetkazib berishni tashkil qilish uchun Buyurtma foydalanuvchisining aloqa ma’lumotlarini Yetkazib berish xizmatiga taqdim etadi. Toshkent shahri bo‘ylab buyurtmani yetkazib berish, Buyurtma rasmiylashtirilgan paytdan boshlab 24 (yigirma to‘rt) soat ichida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining boshqa hududlariga yetkazib berish esa, Buyurtma rasmiylashtirilgan kundan boshlab 5 (besh) ish kuni ichida bajariladi.

6.3. Tovarga egalik qilish huquqi va u bilan bog‘liq xavflar, Tovar topshirilgan vaqtdan eʼtiboran “BeeMarket”dan Foydalanuvchiga o‘tadi. Foydalanuvchining BeeMarket yoki Yetkazib berish xizmati tomonidan berilgan yukxatidagi imzosi Tovarga egalik huquqining o‘tishini tasdiqlaydi.

6.4. BeeMarket Foydalanuvchiga Tovar bilan bir vaqtda unga tegishli bo‘lgan barcha tarkibiy qismlarni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlarni beradi.

6.5. Platformada joylashtirilgan Tovar tasvirlari axborot xarakteriga ega. Tovarning haqiqiy ko‘rinishi, jumladan rangi, dizayn elementlari, qadoqlash va bezaklari, foydalanuvchi qurilmalarida tasvirni ko‘rsatishning texnik xususiyatlari, ishlab chiqaruvchi tomonidan dizayn yoki qadoqlashning yangilanishi hamda Tovarning turli partiyalaridan foydalanish tufayli fotosuratlarda ko‘rsatilganidan biroz farq qilishi mumkin. Ushbu farqlar Tovarning iste’mol va funksional xususiyatlariga ta’sir qilmaydi.

6.6. Buyurtmani topshirishda, Buyurtmani yetkazib beruvchi shaxs Foydalanuvchidan shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishini talab qilishga haqli, Foydalanuvchi esa shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishga majburdir. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat bo‘lmasa, Tovar Foydalanuvchiga topshirilmaydi.

6.7. Foydalanuvchining kelmasligi yoki Tovarni qabul qilish uchun boshqa zarur harakatlarni amalga oshirmasligi BeeMarket tomonidan Foydalanuvchining Shartnomani bajarishdan bosh tortishi sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin. Buyurtmani qabul qilish uchun ajratilgan muddat 3 (uch) kalendar kuni bilan cheklangan. Saqlash muddati davomida Buyurtmani qabul qilib olmaslik, Foydalanuvchining Tovarni oldi-sotdi qilishdan voz kechishi hisoblanadi va Buyurtmani bekor qilish uchun asos bo‘ladi.

6.8. BeeMarket tomonidan sotiladigan Tovarning kafolat muddati Ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilanadi va Tovar Foydalanuvchiga topshirilgan paytdan boshlab hisoblanadi.

6.9. Foydalanuvchi o‘z Tovarlari ichiga olgan Buyurtmalarga reklama va marketing maqsadlarida boshqa Sotuvchilarning qo‘shimcha reklama materiallari va/yoki Tovar namunalarini kiritilishi mumkinligiga rozilik bildiradi.

7. TOVARNI QAYTARISH TARTIBI

7.1. Foydalanuvchi Tovar topshirilgan kundan eʼtiboran 10 (o‘n) kalendar kuni ichida Tovarni shunga o‘xshash sifatli Tovarga almashtirish huquqiga ega. Foydalanuvchi sifatli Tovarni almashtirayotgan vaqtda, BeeMarket unga almashtirilgan Tovarni yetkazib berish xarajatlarini qaytarmaydi.

7.2. Tovar ishlatilmagan/foydalanilmagan, yaʼni shtrix-kod, zavod yorliqlari, birkalar, plombalar, tovarning ko‘rinishi, iste’mol xususiyatlari, shuningdek, ushbu Tovarni sotib olish faktlari va shartlarini tasdiqlovchi hujjat saqlab qolinganligi sharti bilan Tovarni qaytarish mumkin bo‘ladi.

7.3. Tovarning tashqi ko‘rinishi ishlab chiqaruvchining iste’mol qadog‘i bilan birgalikda uni keyinchalik boshqa Foydalanuvchiga sotishni amalga oshirishga imkon bersa, Tovarning ko‘rinishi saqlanib qolingan deb hisoblanadi.

7.4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi chakana savdo Qoidalariga 1-ilovada ko‘rsatilgan sifatli Tovarlar qaytarilmaydi va almashtirilmaydi.

7.5. Agar kamchiliklar Foydalanuvchining aybi bilan yuzaga kelgan, shuningdek, ular bilan cheklanmagan bo‘lsa, Tovarlar quyidagi hollarda almashtirilmaydi yoki qaytarilmaydi:

  1. agar Tovarlar qabul qilinganidan keyin zavod nuqsonlari bo‘lmagan har qanday mexanik shikastlanishga duchor bo‘lgan bo‘lsa (ekrandagi yoriqlar, singan korpus, qiyshaygan yoki buzilgan korpus va boshqalar);
  2. agar Tovarlar va ularning ichki qismlari korroziyaga, oksidlanishga, oziq-ovqat yoki suyuqlikka, shuningdek, kimyoviy moddalar ta’siriga duchor bo‘lgan bo‘lsa;
  3. agar Tovarlar Ishlab chiqaruvchi tomonidan vakolat berilmagan mutaxassislar yoki xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan ochilgan, qismlarga ajratilgan, o‘zgartirilgan yoki ta’mirlangan, shuningdek, Tovarlar ruxsat berilmagan ehtiyot qismlar yordamida ta’mirlangan yoki Tovarning seriya raqami, mobil ashyolari uchun sana kodi yoki xalqaro mobil uskunalar identifikatori (IMEI) qandaydir tarzda olib tashlangan, o‘chirilgan, shikastlangan, o‘zgartirilgan bo‘lsa;
  4. agar Tovarlar o‘zgartirilgan yoki ularning dasturiy ta’minotiga o‘zgartirishlar kiritilgan bo‘lsa (shu jumladan, rutlashtirish (root) yoki proshivka bilan cheklanmagan holda);
  5. agar Tovarlar ushbu Tovar standartlariga muvofiq bo‘lmagan uskunalar, texnikalar, mahsulotlar yoki tizimlar, shuningdek, zaryadlovchi qurilmalar, kabellar, quloqchinlar kabi asl bo‘lmagan yoki sertifikatlanmagan aksessuarlar bilan birgalikda ishlatilgan bo‘lsa;
  6. uzoq muddatli foydalanish natijasida Tovarning tabiiy ravishda eskirishi o‘z ichiga batareyaning eskirishi, protsessorning qizib ketishi va Tovardan kundalik foydalanish natijasida yuzaga keladigan boshqa shikastlanishlarni oladi;
  7. Tovarni yo‘qotish yoki o‘g‘irlatish.

7.6. Agar BeeMarket/Sotuvchi tomonidan sotilayotgan Tovarda Foydalanuvchiga aloqador bo‘lmagan kamchiliklar aniqlansa, Foydalanuvchi o‘z xohishiga ko‘ra quyidagilarni talab qilishga haqli:

  1. Tovarni xuddi shunga o'xshash markadagi (modellar, buyumlar) Tovarga almashtirishni;
  2. BeeMarket Tovarini xuddi shunday Tovarga boshqa Tovar markasiga (modellar, buyumlar), Tovarning sotib olish narxini tegishli ravishda qayta hisoblash bilan almashtirilishni;
  3. BeeMarket tomonidan sotib olish narxini mutanosib ravishda pasaytirishini;
  4. BeeMarket tomonidan Tovardagi kamchiliklarni bepul bartaraf etilishini;
  5. Tovardagi kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan Foydalanuvchi xarajatlarining BeeMarket tomonidan qoplashini;
  6. O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi doirasida yetkazilgan zararlarni qoplash bilan Shartnomani bekor qilish.

7.7. Shartnomaning 7.5-bandida ko‘rsatilgan Foydalanuvchining huquqlarini amalga oshirishdan oldin Foydalanuvchi:

(i) Tovarning sifatini tekshirish uchun Xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qilishi;

(ii) Tovarni tekshirish natijalari asosida tuzilgan Tovarning sifati borasidagi Xizmat ko‘rsatish markazining xulosasini olishi kerak.

7.8. Sifatsiz Tovarni almashtirish/qaytarish muddati O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.

7.9. Foydalanuvchining pul mablag‘larini qaytarish faqat naqd pulsiz shaklda, pul mablag‘larini bank hisob-raqamiga yoki Foydalanuvchining bank kartasiga o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Bank tomonidan pul o‘tkazmalari uchun komissiya Foydalanuvchi tomonidan tegishli sifatli Tovar qaytarilgan taqdirda ushlab qolinadi. To‘lov tizimlari orqali to‘lashda pul mablag‘lari to‘lov amalga oshirilgan Foydalanuvchining bank kartasiga qaytariladi.

7.10. Sifatsiz Tovar qaytarilganda, BeeMarket qaytarilgan Tovarning pulini, shuningdek BeeMarket sifatsiz Tovar olingan kundan e’tiboran 30 (o’ttiz) ish kunidan kechiktirmay qaytarilgan Tovar uchun yetkazib berish xarajatlarini hamda Xizmat ko‘rsatish markazining xulosasini qaytaradi.

8. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

8.1. Foydalanuvchi quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi:

8.1.1. ushbu Shartnoma matni bilan tanishish va uning shartlariga rioya qilish;
8.1.2. to‘lov amalga oshirilguniga qadar rasmiylashtirib shakllantirilgan Buyurtmaning to‘g‘riligini (summa, tanlangan Tovar, Tovar miqdori va hokazo) diqqat bilan tekshirish;
8.1.3. o‘zining login va parolini uchinchi shaxslarga bermaslik;
8.1.4. Shaxsiy kabinetiga oʻzi haqida toʻgʻri, aniq va toʻliq maʼlumotlarni taqdim etish va ushbu maʼlumotlarni faol holatda ushlab turish;
8.1.5. Foydalanuvchining hisobidan foydalangan holda Shaxsiy kabinetga ruxsatsiz kirish va/yoki Shaxsiy kabinetga kirish vositalarining maxfiyligi buzilganligi to‘g‘risida “BeeMarket”ni darhol xabardor qilish;
8.1.6. Platformadan foydalanishda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, shuningdek, uchinchi shaxslarning huquq va manfaatlariga rioya qilish;
8.1.7. Tovarni topshirish paytida Foydalanuvchining identifikatsiyasi uchun uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (skaner qilingan nusxa) va sotib olinganlik aks ettirilgan fotosuratni (skrinshotni) taqdim etish;
8.1.8. Tovarni ushbu Shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda qabul qilib olish va to‘lash;
8.1.9. Tovarni qabul qilganda Foydalanuvchi Tovarning qadoqlanishining yaxlitligini, miqdori va assortimentini hamda ko‘zga ko‘rinadigan nuqsonlarini vizual ravishda tekshirish majburiyatiga ega. Foydalanuvchi tomonidan Tovarning qabul qilinishi, vizual tekshiruvda aniqlanishi mumkin bo‘lgan Tovarning miqdori, assortimenti va boshqa xususiyatlari bo‘yicha da’volarning yo‘qligini tasdiqlaydi. Shu bilan birga, Foydalanuvchi Tovar sifati bilan bog‘liq talablarni O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilangan tartib va muddatlarda qo‘yish huquqini saqlab qoladi.

8.2. Foydalanuvchi quyidagi huquqlarga ega:

8.2.1. ushbu Shartnomaning 9-bo‘limiga muvofiq Platformadan foydalangan holda sotib olingan Tovar haqidagi fikr-mulohazalarni e’lon qilish;
8.2.2. Tovarni Foydalanuvchiga topshirishdan oldin istalgan vaqtda undan voz kechish;
8.2.3. sotib olingan sifatsiz Tovarni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda qaytarish;
8.2.4. sotib olingan sifatli Tovarni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida va ushbu Shartnomada nazarda tutilgan tartibda va shartlarda qaytarib berish.

8.3. BeeMarket quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi:

8.3.1. Tovarni saqlash va tashish shartlariga muvofiq uning saqlanishini ta’minlagan holda, tegishli usulda qadoqlanishi kerak bo‘lgan Tovarni Foydalanuvchiga topshirish;
8.3.2. Foydalanuvchiga Platformadagi Tovar haqida kerakli va ishonchli ma’lumotlarni taqdim etish. Agar Foydalanuvchida qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, u aloqa vositalari (mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmati, Telegram messenjeri, Platformaning veb-sayti) orqali maslahat so‘rashi mumkin;
8.3.3. Tovarni Foydalanuvchiga Shartnomada belgilangan muddatlarda topshirish;
8.3.4. Foydalanuvchi Tovarda ishlab chiqarish, tuzilish yoki boshqa nuqsonlarni aniqlagan va ushbu Shartnomada nazarda tutilgan tartibda tegishli talabni bildirgan taqdirda, BeeMarket/Sotuvchi bunday Tovarni ayni shunday marka (model, artikul)dagi Tovar bilan almashtirishga majburdir. Tovarni almashtirish, jumladan Sotuvchi va (yoki) Ishlab chiqaruvchi tomonidan Tovarning sifatini qo‘shimcha tekshirish zarur bo‘lgan taqdirda ham, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.

8.4. BeeMarket quyidagi huquqlarga ega:

8.4.1. Platformadan foydalangan holda noqonuniy xatti-harakatlarni aniqlash va oldini olish bo‘yicha har qanday oqilona choralarni ko‘rish;
8.4.2. Foydalanuvchi tomonidan Tovar uchun to‘lov majburiyatlari va Shartnomaning boshqa shartlari buzilgan taqdirda Buyurtmani bekor qilish;
8.4.3. Foydalanuvchi bilan kelishmasdan turib, Shartnomani bajarish bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlarini uchinchi shaxslarga o‘tkazish;
8.4.4. Foydalanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatni (skaner qilingan nusxani) va sotib olinganlik aks ettirilgan fotosuratni (skrinshotni) so‘rab olish;
8.4.5. ushbu Shartnomaga o‘zgartirishlarni bir tomonlama tartibda kiritish.

9. SHARHLARNI E’LON QILISH SHARTLARI

9.1. Foydalanuvchi Platformada sotib olingan Tovar haqida fikr qoldirish huquqiga ega.

9.2. Bildirilgan fikrlar Foydalanuvchi tomonidan ushbu Shartnomaning 9-bo‘limida belgilangan fikrlarni e’lon qilish shartlariga muvofiqligi tekshirilganidan keyin e’lon qilinadi.

9.3. Fikrlarni e’lon qilishda Foydalanuvchi uning mazmuniga qo‘yiladigan quyidagi talablarga rioya qilishi lozim:

9.3.1. fikr matnida Foydalanuvchining Tovarni sotib olish va undan foydalanish bo‘yicha shaxsiy tajribasi tavsifi bo‘lishi;
9.3.2. matn o‘z ichiga Tovarga aloqador bo‘lmagan begona fotosuratlar, videolar, ma’lumotlar, so‘rovlar, reklama va boshqa materiallarni qamrab olmasligi;
9.3.3. salbiy fikr matnida Foydalanuvchining Tovardan noroziligi sababi ko‘rsatilishi;
9.3.4. fikr matnida tuhmat va haqoratli so‘zlar bo‘lmasligi (shu jumladan, alohida harflar boshqa belgilar bilan almashtirilgan so‘zlar);
9.3.5. matn ilgari e’lon qilingan fikr takrorlamasligi;
9.3.6. matnda davlat, konstitutsiyaviy va ijtimoiy tizimga putur yetkazishga, O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning hududiy yaxlitligini, siyosiy mustaqilligini va davlat suverenitetini buzishga, urush, terrorizm, zo‘ravonlik, milliy eksklyuzivlikni targ‘ib qilishga, diniy adovat, irqchilik va uning turlarini (antisemitizm, fashizm) targ‘ib qilish, shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi, shaxsiy daxlsizlikka, pornografik mazmundagi materiallar yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini boshqacha tarzda buzishga qaratilgan ma’lumotlar bo‘lmasligi kerak.

9.4. BeeMarket O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida yoki ushbu Shartnomada belgilangan talablarga muvofiq kelmaydigan yoki uchinchi shaxslarning huquqlarini buzuvchi Tovar to‘g‘risidagi har qanday fikrlarni e’lon qilishni taqiqlashga haqli.

10. XABARLARNI YUBORISH SIYOSATI

10.1. Platformadan foydalangan holda, Foydalanuvchi quyidagi tarzda reklama xarakteridagi axborot xabarlarini qabul qilishga o‘z roziligini bildiradi:

  1. ro‘yxatdan o‘tish paytida ko‘rsatilgan Foydalanuvchining elektron pochta manziliga elektron xatlarni yuborish;
  2. ro‘yxatdan o‘tish paytida ko‘rsatilgan Foydalanuvchining abonent raqamiga SMS-xabarlarni yuborish.

10.2. Agar Foydalanuvchi axborot xabarlarini olishni rad etmoqchi bo‘lsa, u bu haqda Platformaning veb-sayti ma’muriyatiga xabar berishga haqli, shundan so‘ng Foydalanuvchining elektron pochta manzili va/yoki abonent telefon raqamiga axborot beruvchi elektron xabarlar darhol to‘xtatiladi.

11. MAS’ULIYAT

11.1. Tomonlar ushbu Shartnomani O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va ushbu Shartnomaga muvofiq bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgar bo‘ladi.

11.2. BeeMarket Platforma orqali sotib olingan Tovarlarni Foydalanuvchi tomonidan noto‘g‘ri ishlatish natijasida yetkazilgan zarar uchun javobgar emas.

11.3. Sotuvchilar tomonidan taqdim etilgan Tovarlarga nisbatan ularning sifati, to‘liqligi, xavfsizligi va ma’lumotlarning ishonchliligi uchun tegishli Sotuvchi javobgar bo‘ladi. Shu bilan birga, BeeMarket birinchi qo‘llab-quvvatlash liniyasi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi doirasida Foydalanuvchi huquqlarini himoya qilishga ko‘maklashish orqali Sotuvchilarning Tovarlari bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqish va e’tirozlarni hal qilishda Foydalanuvchiga oqilona yordam berishga intiladi.

11.4. BeeMarket har qanday holatda Shartnoma bo‘yicha hech qanday javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi: (i) Beemarket bunday zararlar ehtimolini oldindan ko‘ra olishi yoki olmasligidan qat’i nazar, Foydalanuvchi va/yoki uchinchi shaxslar tomonlarning har qanday bilvostia zararlari va yoki foyda yo’qotishi yetkazilgan zarar va/yoki yo‘qotilgan foyda; (ii) foydalanuvchi va/yoki uchinchi shaxslar tomonidan tovarlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni topshirish/olish uchun har qanday vositalar va/yoki usullardan foydalanish/foydalana olmaslik.

11.5. Foydalanuvchi, Foydalanuvchi foydalanadigan boshqa dasturiy ta’minot bilan Platformaning nomuvofiqligi va ziddiyatlari bilan bog‘liq yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar uchun shaxsan javobgardir.

11.6. Beemarket Foydalanuvchilarga Platformaga kirish huquqini beradi va uning to‘g‘ri ishlashini ta’minlaydi, texnik nosozliklar hamda uzilishlar yuz bergan hollarda uning ishlashini tezkorlik bilan tiklaydi. Biroq, BeeMarket Platformaning uzluksiz ishlashiga va uzilishlar yuz bergan hollarda Platformaning ishlashini tiklash uchun biror-bir muddatga rioya etishiga kafolat bermaydi. BeeMarket Foydalanuvchilarni sifatli xizmat bilan ta’minlash, shu jumladan, Platformaning ishlash paytidagi texnik uzilishlar bo‘yicha zarur choralarni ko‘radi.

11.7. Foydalanuvchi tomonidan ushbu Shartnoma shartlari buzilgan taqdirda, Foydalanuvchi sodir etgan qoidabuzarliklarni bartaraf etmagunicha va “BeeMarket”ga bunday qoidabuzarliklar natijasida yetkazilgan zararni to‘liq qoplamagunicha va/yoki Shartnoma bekor qilinguniga qadar Beemarket Foydalanuvchining Platformaga kirishini to‘xtatib qo‘yishga haqlidir.

11.8. BeeMarket Foydalanuvchining shaxsiy kabinetidagi uchinchi shaxslar tomonidan noqonuniy xatti-harakatlari natijasida Hisob qaydnomasi olgan harakatlari uchun javobgar emas.

12. FOYDALANUVCHILARNING DA’VOLARI VA SHIKOYATLARI

12.1. Foydalanuvchining shikoyatlari mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmati tomonidan ko‘rib chiqiladi. Shikoyatlar quyidagi vositalar orqali yuborilishi mumkin:

  1. Elektron pochta: market@beeline.uz;
  2. Telegram messenjeridagi onlayn-chat: @beemarketuzbot;
  3. Call-markaz telefon raqami: +998 90 022 88 86.

12.2. Agar Foydalanuvchi nizoni hal qilishga rozi bo‘lmasa, Tomonlar ushbu Shartnomaning 17-bo‘limi qoidalariga amal qiladilar.

13. FORS-MAJOR HOLATLARI

13.1. Tomonlar ushbu Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni qisman yoki to‘liq bajarmaganlik uchun javobgarlikdan ozod qilinadi, agar bu muvaffaqiyatsizlik Shartnoma tuzilganidan keyin Tomonlar oldindan ko‘ra olmagan yoki ularning oldini olish mumkin bo‘lmagan favqulodda vaziyatlar natijasida yuzaga kelgan fors-major holatlarining natijasi bo‘lsa. Fors-major holatlari – suv toshqini, yong‘in, zilzila, davlat organlarining harakat yoki harakatsizligi (shu jumladan, valyuta operatsiyalarini cheklash), epidemiya va boshqa tabiiy hodisalar, urush yoki harbiy harakatlar va h.k.larni anglatadi.

13.2. BeeMarket vaqtinchalik mavjud bo‘lmasligi yoki Platforma va unga bog‘liq xizmatlarning ishlashidagi nosozliklar natijasida yuzaga kelgan har qanday zarar uchun javobgar emas va kompensatsiya to‘lash majburiyatiga ega emas, agar bunday holatlar BeeMarket nazorati tashqarisidagi sabablar bilan bog‘liq bo‘lsa, jumladan, favqulodda vaziyatlar (tabiiy ofatlar, yong‘inlar, suv toshqinlari, pandemiyalar, epidemiyalar, harbiy harakatlar va boshqalar), uchinchi shaxslarning telekommunikatsiya tarmoqlari va uskunalaridagi uzilishlar, shuningdek davlat organlarining harakatlari. Shu bilan birga, BeeMarket Platformaning uzluksiz ishlashini ta’minlash va Foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishda oqilona harakatlar qiladi.

14. SHAXSIY MA’LUMOTLAR

14.1. Mazkur Shartnomani akseptlash va/yoki Platformaning veb-saytida ro‘yxatdan o‘tish va/yoki uning funksional imkoniyatlaridan foydalanish quyidagilarni anglatadi: (i) Foydalanuvchining Shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berish va himoya qilish Siyosatiga to‘liq va shartsiz rozi bo‘lish, hamda (ii) O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish va himoya qilish siyosati hamda mazkur Shartnomada ko‘rsatilgan maqsadlarda uning Shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berish uchun aniq, ixtiyoriy va ma’lumotli rozilik berish.

15. INTELLEKTUAL MULK

15.1. Platformaga eksklyuziv huquqlarning egasi, shu jumladan domen nomiga bo‘lgan huquqlar, Platformada joylashtirilgan logotip, ma’lumotlar bazalari, Platformadan foydalanishga imkon beradigan barcha texnik ishlanmalar BeeMarket hisoblanadi.

15.2. Foydalanuvchi Platformadan Shartnomada ko‘zda tutilmagan usullar bilan foydalanishga, shu jumladan, Shartnomada ko‘zda tutilmagan har qanday shaklda ma’lumot olishga haqli emas. BeeMarket yoki qonuniy mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz Platformada joylashtirilgan intellektual faoliyat natijalaridan (shu jumladan, Platformaning vizual dizayni elementlari, ramzlar, matnlar, grafik tasvirlar, illyustratsiyalar, fotosuratlar, videolar va boshqa obyektlar) har qanday tarzda foydalanish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining buzilishi hisoblanadi va sud muhokamasi hamda qoidabuzarlarni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq fuqarolik-huquqiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortish uchun sabab bo‘lishi mumkin.

15.3. Shartnomani bajarish, tanlovlar, aktsiyalar o‘tkazish, Foydalanuvchilarga sharxlar berish va xabardor qilish hamda boshqa shunga o‘xshash tadbirlar, “BeeMarket”ning qonuniy huquq va manfaatlarini amalga oshirish hamda Platformaning ishlashini ta’minlash uchun Foydalanuvchi “BeeMarket”ga hamma joyda mavjud bo‘lgan fotosuratlar, sharhlar matnlaridan foydalanish huquqini beradi. U Internetda omma oldida qoldiradigan tovarlar, har qanday ma’lum axborot vositalarida tashuvchilarga, shuningdek, bunday huquqni uchinchi shaxslarga muallifning ismini ko‘rsatgan holda ham, ularsiz ham berish huquqiga ega.

16. SHARTNOMANI O‘ZGARTIRISH

16.1. BeeMarket ushbu Shartnomaga Platforma veb-saytida Shartnomaning yangi tahririni e’lon qilish orqali bu haqda Foydalanuvchini xabardor qilgan holda, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqiga ega. Bu kabi har qanday o‘zgarishlardan keyin Platformadan kelgusida foydalanish Foydalanuvchining bunday o‘zgarishlar va/yoki qo‘shimchalar bilan roziligini anglatadi. Shartnomaning amaldagi tahriri bilan quyidagi sahifa orqali tanishish mumkin: https://market.beeline.uz/uz/oferta.

17. NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI

17.1. Ushbu Shartnomadan kelib chiqadigan har qanday nizolar Foydalanuvchining yozma so‘rovi asosida tinch yo‘l bilan yoki shikoyat tartibida hal qilinadi. Murojaatni ko‘rib chiqish muddati va uning mazmuniga qo‘yiladigan talablar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan belgilanadi.

17.2. Yuzaga kelgan nizo da’vo tartibida hal etilmagan taqdirda, u BeeMarket joylashgan manzilga taalluqli sudda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda ko‘rib chiqiladi.

18. YAKUNIY QOIDALAR

18.1. Shartnomada bevosita nazarda tutilmagan barcha masalalarda tomonlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi amal qiladilar.

18.2. Agar biron sababga ko‘ra ushbu Shartnomaning bir yoki bir nechta qoidalari bekor qilingan yoki huquqiy kuchga ega bo‘lmagan deb topilsa, bu Shartnomaning qolgan qoidalarining amal qilish muddati yoki qo‘llanilishiga ta’sir qilmaydi.

18.3. Shartnoma tuzilgan paytdan boshlab Foydalanuvchida paydo bo‘ladigan huquq va talablar Foydalanuvchi tomonidan uchinchi shaxslarga berilishi mumkin emas.

18.4. Shartnomada ko‘rsatilgan qoidalar va shartlarni tushuntirib beradigan Platforma bo‘limlari ushbu Shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi.

Biz bilan bog'laning

Tozalash