
399 000 so'm

Suv filtri uchun nasadka ham oshxonada, ham hammomda joylashtirish uchun mos keladi. Yuqori samarali filtratsiya tizimi tufayli, barcha qoʻshimchalar, bakteriyalar va kiruvchi moddalarni aʼlo darajada yoʻqotadi. 3 xil suv berish rejimi va filtrning ifloslanish darajasini doimiy nazorat qilish imkoniyati mavjud. Qurilmani atigi 3 bosqichda oson oʻrnatish mumkin.
Yuqori samarali filtratsiya
Filtratsiya tizimi zanglamaydigan po'latdan yasalgan filtr, to'qilmagan filtr material, faol ko'mir filtr elementi va ultrafiltratsiya membranasini o'z ichiga oladi. Suvni turli moddalardan, bakteriyalardan va qo'shimchalardan yuqori sifatda tozalashni ta'minlaydi.
3 xil suv berish rejimi
Foydalanuvchi suv berish rejimini o'z ehtiyojlariga qarab sozlashi mumkin: tozalangan suv oddiy oqim yoki dush rejimida va tozalanmagan suv oddiy oqimda (idish yuvish uchun mos).
Filtrni nazorat qilish uchun shaffof qismi
Filtr elementi joylashgan qismi shaffof. Bu filtrning ifloslanish darajasini doimiy nazorat qilish va o'z vaqtida almashtirishni yordam beradi.
Tuzilmasini universalligi
Oq rangdagi minimalist dizayn filtr-snasadkani nafaqat oshxonada, balki hammomda ham joylashtirish imkonini beradi. U har qanday interyerga aʼlo darajada mos tushadi va suv har doim toza boʻladi.