ZIFFLER VERDANA 12 Invertor konditsioneri - bu xonadonlar, uy yoki ofislar uchun optimal iqlim sharoitlarini saqlash, shuningdek xonadonlardagi havo tozaligi uchun mo'ljallangan qurilma. U issiqda xonadagi havo haroratini pasaytirish uchun yoki sovuq mavsumda havo haroratini oshirish uchun mo'ljallangan. Barcha iqlim tizimlari uch turga bo'linadi: maishiy, yarim sanoat va sanoat tizimlari. Sanoat iqlim tizimlari yirik ob'ektlarga o'rnatiladi va ular doimiy tartibda yuqori quvvatlarda uzluksiz ishlashni ta'minlaydi. Maishiy va yarim sanoat konditsionerlari kvartiralarda, qishloq uylerida va kichik hamda o'rta maydonga ega ofis binolarida ishlatiladi va o'z navbatida quyidagi turlarga bo'linadi: - Devor tipidagi split-tizimlar. - Mobil konditsionerlar. - Kanalli konditsionerlar. - Kasseta konditsionerlar. - Pol-potolok konditsionerlar. - Ustunli konditsionerlar.
Sharhlar topilmadi.